Mourinho: ""Betis"ga qarshi o'yinda penaltini nega qayta tepmaganimizni tushunmayapman"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 14

Mourinho: ""Betis"ga qarshi o'yinda penaltini nega qayta tepmaganimizni tushunmayapman"

Mourinho: ""Betis"ga qarshi o'yinda penaltini nega qayta tepmaganimizni tushunmayapman"

"Qirollik klubi" ustozi o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Inter"ga qarshi o'yin (08.09, 22:00 msk) haqida kutishlarim? Men g'alaba qozonishni istayman. Yaxshi o'yin ko'rsatishni istayman, deb aytishim mumkin edi, ammo "Betis"ga qarshi yaxshi o'ynab, mag'lub bo'ldik. Men esa g'alaba qozonishni xohlayman. Yarim himoyada muammolarimiz bor [jarohatlar va diskvalifikatsiyalar sabab], ammo ertaga g'alaba uchun kurashamiz".
"Futbolchilarning "Betis"dan uchralgan mag'lubiyatga munosabati menga yoqdi. Ular tushkunlikka tushishmadi. Oxirgi o'yinda sodir bo'lgan voqea odatiy hol emasdi, ammo biz yaxshi holatdamiz. "Betis" bilan yaxshi o'ynadik, jamoa bo'lib harakat qildik".
"CHL finalini "Bernabeu"da yutganman, ammo bu yerda yarim finalda penaltilar seriyasida yutqazganman ham. Bu stadionda eng yaxshi va eng yomon damlarimni o'tkazganman. Ammo hozir bor e'tiborim bugungi kun va ertangi o'yinga qaratilgan. "Inter" bilan uchrashuv o'ta muhim emas, chunki hozir pley-off masalasi hal bo'layotgani yo'q. Ammo turnir jadvalida har bir ochko muhim. "Inter" ham o'z ochkolari uchun keladi".
"O'yinchilarimga maydonda ayyorlik yetishmayaptimi? Bu madaniyat masalasi ham. "Betis" bilan o'yindan keyin futbolchilarda ayyorlik yetishmasligi haqida gapirganimda, buni salbiy ma'noda emas, shunchaki kuzatuvimni aytgan edim. Ertaga hammasini o'zingiz ko'rib olasiz. Hakamlik haqida gapirishni istamayman. "Betis"ga yutqazdik, chunki golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Biroq, penaltini nega qayta tepmaganimizni tushunmayapman. VARdagilar qoidalarni bilmaydimi? Yoki shunchaki qayta tepishimizni xohlashmadimi? Bu savolni mas'ullarga bermoqchiman. Agar odamlar qoidalarni bilishmasa, ularni ishdan bo'shatish kerak. Ammo ular shunchaki qayta tepishimizni xohlashmagan bo'lsa, bu undan ham yomonroq. Men bu savolga halol javob olmoqchiman. Qolaversa, hushtakdan so'ng jamoa sardori [Vinisius] hakamga murojaat qildi, ammo unga sariq kartochka ko'rsatishdi. Nega? Sardor hakamdan izoh so'rashga haqli emasmi?"
"Trentni markazda o'ynatish? Sizga hech narsa demayman. Bir nechta yarim himoyachilarimiz safdan chiqqan, ammo bu muammoni hal qilish uchun 3-5 ta variantimiz bor. Biroq, bu yerda hech narsa aytmayman".
"Inter"dagi o'tmishim? Bu hissiy bog'liqlik o'yindan oldin va keyin ahamiyatga ega. Ammo o'yin vaqtida emas. Uchrashuv davomida o'tmish haqida o'ylamayman. ["Inter" bosh murabbiyi] Kivu men uchun doim o'z odamim bo'lib qoladi, uning yutuqlaridan xursandman. O'yindan oldin va keyin uni quchoqlayman, ammo boshlang'ich hushtak chalingach, faqat o'yin haqida o'ylayman".
"Madrid" oldida CHL bo'yicha qarzdormanmi? Yo'q. Bu klubdagi ikkinchi urinishim. Birinchi safar nimadir yutdik, nimadir yutqazdik, ammo bor kuchimizni berdik. Hozir klubda boshqa davr. O'shanda "Madrid" uzoq vaqt CHL 1/4 finaliga chiqa olmagandi, hozir esa klubda 10 yilda 6 ta CHL bor. "Madrid" bilan CHLni yutishdan xursand bo'lardim, ammo bu birinchi urinishda uddalay olmaganim bilan bog'liq emas".
"Bugungi "Madrid"ning o'tmishdagidan farqi? "Madrid" - "Madrid"ligicha qoladi, shu bilan hamma narsa aytilgan. O'tgan mavsum jamoa uchun qiyin kechdi va bunday holatdan keyin yaxshiroq bo'lish uchun ko'p ishlash kerak. Har bir turnir va har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz. Shu bilan birga, barqarorlik va muammolarni hal qilish ustida ishlash zarur. "Madrid" barqaror yuqori darajada bo'lishi kerak".
"Ehtimol, ertaga Endrik 5-10 daqiqa o'ynashga tayyor bo'lar. Kecha u ilk bor jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi. Hozir u formada emas. Ammo qaydnomada bo'ladi, chunki ko'plab o'yinchilar uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Xavotir olmang, uni o'ng qanot himoyachisi, markaziy himoyachi yoki markaziy yarim himoyachi sifatida ishlatmayman. Faqat hujumda".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!