Mourinho Rodri transferi bo'yicha klub rahbariyatidan xafa emas
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 14

Mourinho Rodri transferi bo'yicha klub rahbariyatidan xafa emas

📰 B. Fernandes xabariga ko'ra:

Mourinho "Madrid" direktorlar kengashidan Rodri transferi barbod bo'lgani uchun xafa emas. Murabbiy ispaniyalik futbolchini jamoada ko'rishni istagan bo'lsa-da, uning transferi imkonsiz bo'lib chiqdi. Shu sababli bu mavzu yopildi.

Mourinho kelayotgan mavsumda hozirgi tarkib bilan ishlashga tayyor. Portugaliyalik mutaxassis mavjud futbolchilarga to'liq ishonch bildirmoqda va ularning ba'zilarini bugungi "Ferentsvarosh"ga qarshi o'yinda sinovdan o'tkazadi.

Mourinho "Madrid"dagi faoliyatidan juda xursand va muvaffaqiyatga erisha olishiga ishonadi. U qo'l ostidagi jamoa bunga qodir deb hisoblaydi.

📰 Gabilondo (AS) ma'lumotiga ko'ra:

"Real Madrid" Rodrini qo'lga kiritish uchun barcha choralarni ko'rdi. Hatto Mourinho shaxsan futbolchi bilan suhbatlashdi.

📰 R. Kanyisares (ABC) yozishicha:

"Madrid" Toni Kroos va Luka Modrichning o'rnini bosa oladigan yagona futbolchini qo'ldan chiqardi. Bu juda g'alati. Nazarimda, bizdan nimadir yashirishmoqda. Go'yoki "Madrid" Rodriga Xulian Alvaresga qiziqqanidek qiziqish bildirgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!