🚨 Mundo Deportivo: «Barselona» yozgi transfer oynasida «Lids» markaziy himoyachisi Tarik Muxaremovichni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
23 yoshli bosniyalik futbolchi bo'yi 192 sm bo'lib, asosan chap oyoqda harakat qiladi. U joriy mavsumda «Lids» safida o'tkazilgan barcha 10 ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan.
O'tgan yozda ingliz klubi himoyachini 37 million yevro evaziga sotib olgan edi, biroq hozirda uning narxi 70 million yevrodan oshishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!