Neftchi – Air Force uchrashuvi uchun chiptalarning 75 foizi sotildi
FC NEFTCHI ↗ ●●●●● Umumiy 👁 12

Neftchi – Air Force uchrashuvi uchun chiptalarning 75 foizi sotildi

75% CHIPTALAR SOTIB BO‘LINDI!

Xabaringiz bor, sevimli jamoamiz ertaga Osiyo Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 1-turida maydonga chiqadi.

“Neftchi” – “Air Force” uchrashuvi uchun chiptalar 10-sentyabr kuni tushlikdan so‘ng sotuvga chiqarilgan edi. Chiptalarning olib-sotarlik va chayqovchilik yo‘li bilan sotilishining oldini olish maqsadida 10–11-sentyabr kunlari bir kishiga 4 donadan, 12–13-sentyabr kunlari esa 2 donadan chipta xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Ayni paytga kelib, uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalarning 75 foizi sotib bo‘linganini ma’lum qilamiz.

📌 Ertaga, 14-sentyabr kuni chiptalar sotuvi “Istiqlol” stadioni kassalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha davom etadi.

🎟 Hurmatli muxlislar, stadionda jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik uchun chiptalarni o‘z vaqtida xarid qilishingizni so‘raymiz.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!