Neftchi FIFA kunlaridagi tanaffusdan unumli foydalanmoqda
FC NEFTCHI ↗ ●●●●● Umumiy 👁 23

Neftchi FIFA kunlaridagi tanaffusdan unumli foydalanmoqda

Milliy terma jamoalar oʻyinlari sababli yuzaga kelgan FIFA kunlarida Superliga chempionatida qisqa tanaffus eʼlon qilingan. Biroq bu jamoaning ish rejasiga taʼsir qilgani yoʻq. Xususan, Islombek Ismoilov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi ham mashgʻulotlar jarayonini faol tarzda davom ettirmoqda. Bugun futbolchilarimiz navbatdagi mashgʻulotda qatnashdi. Murabbiylar shtabi asosiy eʼtiborni futbolchilarning funksional tayyorgarligini saqlab qolish va oʻyin tizimidagi kamchiliklar ustida ishlashga qaratdi.

Qizgʻin va yuqori tempda oʻtgan bugungi tayyorgarlik jarayonini fotogalereya orqali tomosha qiling.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!