📰 E. Burgos (AS jurnalisti):
Diomande shunchaki o'zga sayyoralik. U hujumning chap qanotida ajoyib harakat qilmoqda. Uning «Real Madrid» safidagi har bir navbatdagi goli avvalgisidan ham chiroyliroq chiqmoqda. Diskvalifikatsiya muddati tugagach, Vinisiusni jiddiy muammo kutib turibdi.
📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti):
Diomande — haqiqiy futbol to'foni. Ayni damda uni «Madrid» asosiy tarkibidan chiqarib tashlash deyarli imkonsiz. Ivoriyalik futbolchining chiroyli gollari, driblingi, o'yinni keskinlashtira olishi, himoyadagi yordami, doimiy fidoyiligi va raqib darvozasi oldidagi uzluksiz xavf... Bu shunchaki aqlbovar qilmas!
Bundan tashqari, Vinisius diskvalifikatsiya qilinganidan beri «Real Madrid» himoyada butunlay boshqacha jamoaga aylandi.
To'p yo'qotilgandan keyingi qarshi pressing sezilarli darajada yaxshilandi, jamoa ixchamroq bo'ldi, Kukurelya Ispaniya terma jamoasi safidagi 2026-yilgi jahon chempionatidagi o'zini eslatmoqda va Mourinyo nihoyat muvozanatli jamoa yarata oldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!