OKMK 1:3 Paxtakor: Toshkentliklar safarda g'alaba qozondi
FC OKMK ↗ ●●●●● Natijalar 👁 13

OKMK 1:3 Paxtakor: Toshkentliklar safarda g'alaba qozondi

Superliga 21-turidan o'rin olgan OKMK va «Paxtakor» jamoalari o'rtasidagi bahs 1:3 hisobida yakunlandi. OKMK uchrashuvni mag'lubiyat bilan yakunladi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan jamoamiz hujumkor harakat qilishga intildi. 17-daqiqadan boshlab OKMK bir qator xavfli hujumlar uyushtirdi. Qosimovning burchak zarbasidan keyin O'lmasaliyevning bosh bilan yo'llagan zarbasi ustunga tegdi. Shuningdek, Abdurazzoqov, Qosimov va Xolmurodov ishtirokidagi hujumlarda hisobni ochish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. 17-daqiqada turli bahslarga sabab bo'layotgan Giorgi Papavaning goli offsayd sabab hisobga olinmadi.

Biroq 24-daqiqada mehmonlar hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay «Paxtakor» yana bir gol urib, tanaffusga 0:2 hisobida chiqib ketdi. Birinchi bo'lim yakunida OKMK Xolmurodovning bosh bilan yo'llagan zarbasi orqali farqni qisqartirishga yaqin keldi.

Ikkinchi bo'limni jamoamiz faol boshladi. 50–58-daqiqalar oralig'ida Xolmurodov, Haqnazariy va Qosimovning zarbalari orqali gol urish imkoniyatlari yuzaga keldi. Biroq 64-daqiqada «Paxtakor» hisobni 0:3 ga yetkazdi.

OKMK murabbiylar shtabi o'yin davomida bir nechta almashtirishlarni amalga oshirib, hujum chizig'ini kuchaytirdi. 66-daqiqada bir vaqtning o'zida uch futbolchi — Sentoku, Koyich va Abdurahmonov maydonga tushirildi. Keyinchalik Tursunqulov va Peshich ham o'yinga qo'shildi.

81-daqiqada OKMK hisobni qisqartirdi. Muqimjonovning jarima zarbasidan oshirilgan to'pni Papava boshi bilan darvozaga yo'lladi. Gol VAR orqali tekshirilib, yakunda hisobga olindi — 1:3.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida jamoamiz yana bir necha bor hujum qilishga urindi, biroq hisobni o'zgartirishning imkoni bo'lmadi.

Superliga. 21-tur.
OKMK — «Paxtakor» 1:3
Gollar: Giorgi Papava (83) — Ayman Husseyn (4), Ibrohim Ibragimov (25), Dostonbek Hamdamov (65)

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Sanjar Ahmadov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Bekzod Aripov

OKMK tarkibi: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Shahzod Toirov, 4.Mirjamol Qosimov (11.Ali Abdurahmonov, 66), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 9.Aziz Xolmurodov (27.Urosh Koyich, 66), 10.Asadbek Sobirjonov (77.Ivan Peshich, 81), 17.Nodir Abdurazzoqov (21.Hazratjon Tursunqulov, 76), 19.Ahmadullo Muqimjonov, 88.Siavash Haqnazari (28.Arihiro Sentoku, 66).

«Paxtakor» tarkibi: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 17.Dostonbek Hamdamov (34.Sherzod Nasrullayev, 69), 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jayev (13.Muhammadali Dilshodbekov, 90+2), 29.Ayman Husseyn (26.Davron To'laganov, 78), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Ogohlantirishlar: Shahzod Toirov (33), Ibrohim Ibragimov (39), Sardor Sobirxo'jayev (74).

Olg'a, «konchilar» ⛏️

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!