❓Bir necha yil oldin siz bu yerda o'ynagan va yaxshi o'yin o'tkazgandingiz. Siz allaqachon jamoada muhim o'yinchi edingiz, ammo shu vaqt ichida kiyinish xonasidagi rolingiz qanday o'zgardi? O'zingizni qanchalik muhim deb his qilasiz?
🗣 Pedri: «Men o'zimni muhim o'yinchi deb his qilaman, men sardorlardan biriman. Akademiyadan jamoaga kelayotgan yosh futbolchilarga yordam berishga harakat qilaman. O'zimdan nimadir qo'shishga intilaman, men klubda uzoq vaqtdan beri yuribman va hammasi ichkarida qanday ishlashini bilaman, shuning uchun yangi o'yinchilarga imkon qadar tezroq moslashishlari uchun yordam berishga harakat qilaman. Eng muhimi, maydonda sheriklarimga ular imkon qadar yaxshiroq o'ynashlari uchun ko'maklashaman».
❓Vitinya va Pedri hujumni tashkil etish bo'yicha dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilar ekanligi aytiladi. Bu haqda nima deb o'ylaysiz?
🗣 Pedri: «Bu o'yin taqdirini o'zgartira oladigan futbolchi. Men uchun u hujum yaratish va to'p nazorati bo'yicha eng yaxshilardan biri, balki eng yaxshisidir. To'p bilan u PSGga juda katta foyda keltiradi va u yo'q bo'lganda, bu darhol seziladi. Menga bunday futbolchilar bilan o'ynash yoqadi, chunki eng kuchlilar bilan kuch sinashish mumkin. Bunday o'yinchilar bilan to'qnash kelish va ularni mag'lub etishga urinish har doim yoqimli».
❓Ferran Torres bilan munosabatlaringiz juda yaxshi. «Barselona» va terma jamoada birga o'tkazgan shuncha yillardan keyin bu mavsumni qanday o'tkazyapsiz? Bo'lajak o'yinni muhokama qildingizmi?
🗣 Pedri: «Ertaga uning omadi kelmasligiga umid qilaman. Agar maydonga tushish imkoni bo'lsa, gol urmasin. Unga mavsumning qolgan qismida omad tiladim. Qur'adan keyinoq gaplashib oldik, lekin nima ham qila olardik. U bilan munosabatlarim juda yaxshi, garchi ko'rishmasak ham, chunki u boshqa jamoada, lekin terma jamoada uchrashib turamiz va gaplashamiz. Unga boshqa aytadigan gapim yo'q: ertaga uning omadi kelmasin, biz esa uch ochkoni olib ketamiz».
❓Gordon siz uni maydonda har doim payqashingizni aytgandi. Ferran va Levandovski yo'qligiga qaramay, o'tgan mavsumdagiga qaraganda deyarli bir yarim barobar ko'proq gol urayotganingizni qanday izohlaysiz?
🗣 Pedri: «O'ylashimcha, jamoada bu borada yordam bera oladigan ko'plab o'yinchilar bor. Biz ko'plab vaziyatlar yaratamiz va yakunda ulardan biri gol bilan yakunlanadi. Shunday. Entoni bilan juda yaxshi chiqishib ketdik, munosabatlarimiz a'lo darajada. Bu oson... Uning o'yin sifati meni hayron qoldirdi. Biz bir-birimizga qarshi o'ynaganmiz, lekin uni har kuni ko'rmaganman. Bu futbolchi bizga ham to'p nazorati paytida, ham to'psiz holatda juda katta yordam beradi».
❓Birinchi mavsumda Xansi Flik siz bilan har doim maydonga tushishingiz bo'yicha «kelishuvga» erishganingizni aytgandi. Bu mavsumda barcha o'yinlarda qatnashyapsiz, lekin 90 daqiqa emas. Mavsum oldidan o'yin vaqtining bunday taqsimlanishini muhokama qildingizmi yoki bu faqat uning rejasi?
🗣 Pedri: «Bu murabbiyning ishi va u shunday qaror qabul qiladi. Mavsum juda uzun va bu bizda qanday tarkib borligini juda yaxshi ko'rsatib turibdi. Maydonga tushayotgan har bir futbolchi o'zining eng yaxshi darajasida o'ynashga qodir va o'yin saviyasi tushib ketmaydi. Mavsum oxiriga yaxshi formada yetib borish va sovrinlar uchun kurashish uchun bu muhim nuqta, chunki... Albatta, biz juda yaxshi boshladik va bu muhim, ammo sovrinlar mavsum oxirida qo'lga kiritiladi».
❓Ilgari Rodri haqida gapirgandingiz. Ispaniya terma jamoasida va bu yerda, «Barselona»da u bilan o'ynash o'rtasidagi farq nimada?
🗣 Pedri: «Birinchi navbatda, bu ikkala murabbiyning o'yin konsepsiyasiga bog'liq va farq ham shunda. Bu yerda biz ko'proq to'g'ridan-to'g'ri, pressing va yuqori himoya chizig'i bilan o'ynaymiz. Bu «Barsa»ni terma jamoadan ajratib turadi. Ammo maydonda sherik bilan o'zaro tushunish ham terma jamoada, ham «Barselona»da bir xil, u unchalik o'zgarmaydi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!