Pedri: «Lamin Yamal – dunyodagi eng yaxshi futbolchi»
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 37

Pedri: «Lamin Yamal – dunyodagi eng yaxshi futbolchi»

Luis Enrike bugun Lamin Yamalni har kuni o'sib borayotgani va uni Leo Messi bilan solishtirmaslik kerakligi uchun maqtadi. Lamin so'nggi haftalarda «Oltin to'p» yaqinlashgani sari yanada yaxshiroq ko'rinishga intilayotganini sezyapsizmi?

🗣 Pedri: «To'g'risi, men uni har doim hozirgidek ko'rganman. U maydonga tushish, o'ynash va futboldan zavq olishni istaydi. U o'yindan rohatlanayotgani ko'rinib turgan futbolchi. To'pni qabul qilganda, u birga-bir vaziyatlarga kirisha oladi, driblinglar qiladi, gollar uradi va assistlar qayd etadi. U o'yinga ulkan hissa qo'shmoqda va hech kimga o'xshashga intilmasligi kerak. Ha, aytganingizdek, uni Leo bilan solishtirmaslik lozim, chunki u tarixda eng yaxshisi bo'lgan. Lamin o'z faoliyatini xotirjam qursin, ishonamanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Hozirgi kunda men uchun u – dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Biz uni asrashimiz kerak, u esa o'yindan zavq olishda davom etsin».

Ertaga siz PSJ bilan, yakshanba kuni esa «Real»ga qarshi El-Klasikoda o'ynaysiz. Nimani afzal ko'rasiz: El-Klasikodami yoki ertangi o'yindami?

🗣 Pedri: «Men har birida o'ynashni afzal ko'raman. Ikkalasida ham maydonga tushish imkoniyatim bor ekan, tanlov qilishim shart emas. Avvalo, biz ertangi o'yin haqida o'ylayapmiz, u hozir eng muhimi. Biz oldindagi bahsga, ya'ni PSJga e'tibor qaratishimiz va ularni mag'lub etishga harakat qilishimiz kerak».

Luis Enrike qo'l ostidagi PSJ taklif qilayotgan o'yin uslubi va darajasini qanday baholaysiz?

🗣 Pedri: «Ularning kuchli tomonlari ko'p: hujumda o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar bor, markazda esa o'yinni nazorat qilish va to'pga egalik qilishni yoqtirishadi. Ular Chempionlar ligasida ketma-ket ikki g'alabani ta'minlagan o'yinchilarga ega. Yangilik ochmayapman, lekin bu juda kuchli jamoa va ertaga ular vazifamizni osonlashtirmasligi aniq. Biz ular bilan kurashish uchun juda yaxshi o'yin o'tkazishga harakat qilishimiz kerak».

Usmon Dembeleni «Barselona»da o'ynagan davri bilan solishtirsak... Hozir u «Oltin to'p» sohibi, «Manchester Siti»ga qarshi ajoyib o'ynadi. Uning transformatsiyasida sizni nima ko'proq hayratlantiradi?

🗣 Pedri: «O'ylaymanki, u meni doim hayratda qoldirgan futbolchi. Men uni mashg'ulotlarda ko'rganman va u qilgan ishlar oddiy futbolchi uchun imkonsiz edi. Men doim unga ko'plab qobiliyatlari borligini, o'yin taqdirini o'zgartira oladigan futbolchi ekanligini aytganman. U ketganidan so'ng, uning iqtidori portladi va biz haqiqiy Usmonni ko'rdik. «Barsa»da u buni ko'rsatgan, lekin bunchalik barqaror emasdi. Aynan shu barqarorlik unga «Oltin to'p»ni olib keldi. Bu jahon darajasidagi futbolchi. Bundan zavqlansin, u mening yaqin do'stim».

🔚 Pedri matbuot anjumani yakunlandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!