«Yuventus» ikkinchi darvozabon izlamoqda va Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Milan» posboni Pietro Terracciano variantini ko'rib chiqmoqda. 👀
Turinliklar shuningdek, «River Pleyt» vakili Santyago Beltran nomzodini ham o'rganishmoqda.
Terraccianoning «Milan» bilan shartnomasi 2027-yilga qadar mo'ljallangan. Uning ehtimoliy ketishi Lorenso Torrianiga ikkinchi darvozabon rolini egallash imkonini berishi mumkin.
Avvalroq italiyalik posbonga «Monsa» qiziqish bildirgan edi, endi esa kurashga «Yuventus» ham qo'shilishi mumkin. 🔥
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!