Pol Skoulz "Arsenal" jamoasini kelasi mavsumda Angliya Premyer-ligasi g'olibligi uchun asosiy da'vogarlar qatoriga qo'shmasligini ma'lum qildi:
"Tavakkal qilib aytamanki, kelasi mavsumda "Arsenal" uchinchi yoki to'rtinchi o'rinni egallaydi. "Arsenal" muxlislariga bu yoqmasligini tushunaman, lekin ularning "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan yuqoriroq o'rinda bo'lishini tasavvur qilolmayapman.
Mening fikrimcha, aynan shu ikki klub birinchi va ikkinchi o'rinlar uchun kurash olib boradi. "Yunayted" ko'pchilikni hayron qoldirishi mumkin bo'lgan jamoani shakllantirmoqda, "Chelsi"da esa jadvalning eng yuqori qismida bo'lish uchun yetarli sifat, tarkib chuqurligi va ambitsiyalar mavjud. "Arsenal" shubhasiz yaxshi jamoa, ammo o'ylashimcha, ular chempionlik uchun real kurashishdan ko'ra, yetakchi ikkilikni ta'qib qilish bilan cheklanib qolishadi.
Agar bugun prognoz berishim kerak bo'lsa, Premyer-liga chempionligi uchun "Yunayted" va "Chelsi" kurashadi, "Arsenal" esa uchinchi yoki to'rtinchi o'rinni band etadi, deb aytgan bo'lardim".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!