Pol Skoulz «Arsenal»ning o'yin uslubini tanqid qildi:
«Odamlar bu jamoani tomosha qilish uchun katta pul to'laydilar, ammo ular ko'rsatayotgan futbol nihoyatda zerikarli. Rostini aytsam, ularning «Liverpul» ustidan qozongan g'alabasi ajoyib bo'ldi. Men bu natijadan chin dildan hayratdaman».
«Ammo qolgan o'yinlarda muammo bor. «Arsenal»ga qaraganingizda, tomoshaboplik yetishmayotganini ko'rasiz. «Arsenal» haqida gapirganda, jamoa o'tkazadigan aksariyat o'yinlarni nazarda tutyapman. Futbol bu o'yin-kulgi sanoati ekanligini yodda tutish kerak, «Arsenal» esa tomoshabinlarni juda kam xursand qiladi».
«Odamlar ularning o'yinlariga chipta uchun katta pul to'laydilar, yakunda esa nihoyatda zerikarli futbolni ko'rishadi. Tasavvur qiling, siz chipta uchun 500 funt to'ladingiz, stadionga keldingiz va jamoa standart vaziyatdan gol urib, keyin esa umuman o'z jarima maydonchasidan chiqmayotganini ko'ryapsiz. Tushunyapsizmi, nima demoqchiman?»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!