Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o'rin olgan "Portu" va "Napoli" o'rtasidagi bahs mezbonlarning yirik g'alabasi bilan yakunlandi. "Eshtadiu du Dragau" stadionida kechgan o'yinda "Portu" 4:1 hisobida zafar quchib, turnirdagi ilk uch ochkosini qo'lga kiritdi. Ushbu oqshom stadion o'z tarixida 20 millioninchi tomoshabinni qabul qildi 🤩
Uchrashuvdagi gollarga Yan Bednarek (11'), Skott Maktominey (43'), Gabri Veyga (71'), Yakub Kiver (80') hamda Samu Agexova (90', penalti) mualliflik qilishdi. Ta'kidlash joizki, markaziy himoyachilar Yan Bednarek va Yakub Kiver bosh bilan gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Gabri Veyga esa ketma-ket ikkinchi o'yinda gol va assistni o'z hisobiga yozdirib, maydon markazida haqiqiy maestro rolini o'ynadi.
Bosh murabbiy Franchesko Farioli "Eshtoril"ga qarshi o'yinga nisbatan tarkibda o'zgarishlar qildi: Zaydu va Samu o'rniga Martim Fernandes hamda Andre Silva maydonga tushirildi. O'yin boshida Martim Fernandes Pepéga qulay pas uzatdi va u darvozani ishg'ol qildi, biroq ofsayd sababli gol bekor qilindi. Shuningdek, Borxa Sayns ham hisobni ochishga yaqin kelgandi, ammo uning zarbasi darvoza to'sinidan sal yuqoriroq o'tib ketdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!