📻 Tinto (Radio Marca jurnalisti): "Mbappe faqat o'zi haqida o'ylaydi. U boshqa hech narsaga qayg'urmaydi. Menga ma'lum bo'lishicha, Madrid derbisidan bir hafta oldin Mbappe "Real" rahbariyatiga murojaat qilib, uning "Oltin to'p"ga nomzodini qo'llab-quvvatlash bo'yicha kampaniya boshlashni so'ragan.
Ammo klub Kilianning iltimosini rad etdi. Shu sababli, endi uning "Atletiko"ga qarshi o'yinda nega bunchalik yomon o'ynagani menga tushunarli bo'ldi — hammasi aynan shu narsa, uning noroziligi tufayli yuz berdi.
Ko'rinishidan, Mbappe xuddi shunday iltimos bilan Zidanga ham murojaat qilgan. Ammo u buni qila olmasdi, chunki Dembele ham "Oltin to'p"ga da'vogarlik qilmoqda.
Mbappening tizzasidagi jarohatdan so'ng g'alati voqealar ketma-ketligi boshlandi. Avvaliga OAVda u operatsiya qilishni istamayotgani yozildi, keyin "Real" klub shifokori uni 20 daqiqa davomida ko'rikdan o'tkazib, tizzasi joyida ekanligini ma'lum qildi, shundan so'ng Mbappe dam olish uchun Fransiyaga ketdi, keyin esa uni Valdebebasdagi mashg'ulotlar o'rniga yugurish yo'lagida shug'ullanayotganini ko'rishdi.
Mbappe ahmoq yigit emas va u o'z-o'zidan ish tutmaydi. Mening fikrimcha, hozir u va "Real" rahbariyati o'rtasida hokimiyat uchun kurash ketmoqda. Kilian oldindan o'ylab qo'yilgan va rejalashtirilgan ishlarni qilmoqda. Muammo shundaki, u bunga "Bernabeu"dagi muxlislar qanday munosabat bildirishini tushunmayapti. "Real" muxlislari har doim jamoa va klub tomonida bo'lishadi"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!