Ramon Kalderon: "Real Madrid"ning hakamlar haqidagi shikoyatlari klub maqomiga putur yetkazmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 23

Ramon Kalderon: "Real Madrid"ning hakamlar haqidagi shikoyatlari klub maqomiga putur yetkazmoqda

Ramon Kalderon ("Real Madrid"ning sobiq prezidenti): "Real Madrid"ning "Negreyra ishi" bo'yicha pozitsiyasi — bu Peresning "Barselona" loyihadan chiqib ketishiga bo'lgan shaxsiy munosabati. Boshqa tushuntirish yo'q. Bundan bir yil-u to'qqiz oy oldin Florentino "Barselona" va "Real Madrid" birlikda qolishi kerakligini ta'kidlagandi.

"Negreyra ishi" 2018-yilda, ya'ni sakkiz yil avval yakunlangan. Yana qancha vaqtgacha bu haqda gaplashamiz?! Hakamlardan shikoyat qilish — kichik klublarning ishi. Hakamlar haqida tinmay gapirib, o'zimizni kichik jamoa qilib ko'rsatyapmiz.

"Real Madrid" rahbarlari hakamlar haqida gapirishni to'xtatishlari kerak, chunki hakamlik xatolari doim bo'lgan va kelajakda ham bo'ladi. Eslayman, Di Stefano "katta klublar na jarohatlar, na omadsizlikdan shikoyat qiladi" derdi. Men ham hakamlar haqidagi shikoyatlarni kichik klublarga xos xulq deb hisoblayman.

"Real Madrid" — butun dunyo tan beradigan va o'z obro'sini qozongan klub. Hakamlar haqidagi doimiy gap-so'zlar uning maqomini pasaytiradi".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!