Real Madrid'dagi yangi tayinlovlar atrofida bahslar davom etmoqda
Bernd Rayxartning Real Madrid biznes yo'nalishiga tayinlanishi klub atrofida turli bahslarni keltirib chiqardi. Valentin va Ramon Kalderon vaziyatga o'z munosabatini bildirdi.
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi):
Bernd Rayxartning Superliga sobiq bosh direktori lavozimidan "Madrid" biznes yo'nalishi rahbari etib tayinlanishi? Lagrari — Superligani boshqarish va rivojlantirish bilan shug'ullangan A22 Sports Management kompaniyasining hammuassisi va hamkori. Unga kompaniya aksiyalarining 50 foizi tegishli. Bu gaplarimni hali hamon Lagrarining "Madrid" rahbariyatida hech qanday ta'siri yo'q deb hisoblaydigan va o'z dunyosida yashashni afzal ko'radiganlar uchun yozdim.
Kalderon ("Madrid" sobiq prezidenti):
Rayxartning tayinlanishi — "Madrid"ni xususiylashtirish yo'lidagi navbatdagi qadam. Bankir Lagrari amalda klub prezidenti bo'lib ulgurgan, Peres unga boshqaruvni topshirib qo'ygan. Lagrari allaqachon muhim qarorlarni qabul qilmoqda va agar sosioslar o'zlarini aldanishlariga yo'l qo'ymasa hamda bunga chek qo'ymasa, u "Madrid"ning egasiga aylanadi.