📰 AS xabariga ko'ra, "Madrid" qishki transferlar bozoriga chiqishni rejalashtirmayapti. Klub rahbariyati hozirgi tarkib barcha sovrinlar uchun kurashishga yetarli deb hisoblaydi.
"Qirollik klubi" yangi yarim himoyachi sotib olishga shoshilinch ehtiyoj sezmayapti. Bernardu va Gyulerning "Klasiko"dagi yuqori darajadagi o'yini bu ishonchni yanada mustahkamladi.
Shu bilan birga, "Madrid" ikki tarbiyalanuvchining o'sishini diqqat bilan kuzatib bormoqda: R. Marin ("Napoli", markaziy himoyachi, 24 yosh) va V. Munyos ("Liverpul", qanot hujumchisi, 23 yosh).
Mumkin bo'lgan ketishlarga kelsak, "Madrid" rahbarlari, agar futbolchilarning o'zlari ketishni so'rashsa va Mourinyu bunga rozilik bersa, yanvar oyida ularni qo'yib yuborishlari mumkin.
Ammo bunday ssenariyning amalga oshishi juda dargumon.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!