Real Madridning Interga qarshi o'yini bo'yicha ekspertlar fikri
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 15

Real Madridning Interga qarshi o'yini bo'yicha ekspertlar fikri

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, Madrid sosiosi): "Menga Madridning Betisga qarshi o'yini Interga qarshi o'yinidan ko'ra ko'proq yoqdi. Kecha jamoa raqibning xatolari va boshqa harakatlariga juda bog'lanib qoldi.

Madridga vaziyatni o'zgartirish uchun yarim himoyadagi futbolchilar darajasi yetishmayapti va yetishmaydi ham. Agar Valverde — Kamavinga tayanch yarim himoyachilari juftligi tushkunlikka solsa, Trent — Valverde bog'lamasi...

Shunga qaramay, Real Madrid Interni yirik hisobda mag'lub etishi ham mumkin edi. Jamoaga raqib darvozasi oldida aniqlik yetishmadi va bu shunchaki bitta o'yinga xos muammo emas".

📝 Navarrete (jurnalist, Madrid muxlisi): "Madrid Interga kamida 5-6 ta gol urishi kerak edi. Ammo xuddi shu narsani Inter haqida ham aytish mumkin, shunday emasmi?!

Birinchi navbatda meni jiddiyroq raqiblar Madridni bunday xatolar uchun jazolashi xavotirga solmoqda. Shu sababli jamoa hali ustida ishlashi kerak bo'lgan jihatlar ko'p".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!