📈 "Real Madrid" joriy mavsumdagi uy uchrashuvlarida 6 ta g'alabaga erishdi.
📈 "Real Madrid" "Sevilya"ga qarshi bahsning birinchi bo'limida 1.45 xG ko'rsatkichini qayd etdi va raqib darvozasi tomon beshta aniq zarba yo'lladi. Madridliklar joriy mavsumda barcha turnirlarni hisobga olgan holda birorta o'yinda birinchi bo'limdayoq besh va undan ortiq aniq zarba yo'llashmagandi.
📈 Mourinyu "Sevilya"ga qarshi o'yinga "Madrid"dagi faoliyati davomida La Ligadagi eng yosh to'rtinchi tarkibni maydonga tushirdi — 25 yoshu 150 kun. "Qirollik klubi"ning asosiy tarkibi oxirgi marta 2012-yilning yanvarida, "Granada"ga qarshi o'yinda bundan ham yoshroq bo'lgan (25 yoshu 124 kun).
📈 Diomande XXI asrda "Madrid" safida Primerada bitta o'yinda gol va assist muallifiga aylangan eng yosh futbolchiga (19 yoshu 338 kun) aylandi. Avvalgi rekord Bellingemga (20 yoshu 51 kun) tegishli edi.
📈 Diomande faoliyatida ilk bor ketma-ket ikki o'yinda assist qayd etdi.
📈 Mbappe 2024-yil yozida "Real Madrid"ga o'tganidan buyon barcha turnirlarda to'qqizta penalti ishlab oldi — bu Yevropaning top-5 chempionatlaridagi uchinchi eng yaxshi ko'rsatkich (Vinisius bilan bir qatorda). Ushbu ro'yxatda ikkinchi o'rinni Girassi (10), birinchi o'rinni esa Budimir (12) egallab turibdi.
📈 Kamavinga La Ligadagi 150-o'yinini o'tkazdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!