🚨 «Arsenal» bosh direktori Richard Garlik talkSPORT nashriga bergan intervyusida klubning transfer strategiyasi haqida to'xtalib o'tdi:
Hozirgi kunda aksariyat klublar futbolchilarni sotib olish va sotish orqali ishlamoqda. Ko'pchilik klublar modeli shundan iboratki, bir futbolchilar keladi, boshqalari ketadi. Bizda tarkib shundoq ham katta. Biz allaqachon ba'zi o'yinchilarning ketganini ko'rdik, masalan Nyorgo va Trossard, lekin, albatta, jamoamiz uchun nima yaxshi bo'lsa, shundan kelib chiqamiz. Biz doimo tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini qidiramiz. Agar buning uchun ba'zi o'yinchilar ketishi va boshqalari kelishi kerak bo'lsa, biz bu variantni ko'rib chiqamiz. O'ylaymanki, transfer faolligi va o'yinchilarning harakati hozir futbolning tabiiy qismiga aylandi.
Richard Garlik Mayls Lyuis-Skelli haqida:
Albatta, uning atrofida mish-mishlar bo'lishi mumkin. Men boshqa klublar tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan qiziqishlarga izoh bermoqchi emasman, lekin biz Maylsdan va uning klubdagi hozirgi holatidan juda mamnunmiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!