Kataloniya OAV (❓) | «Madrid»ning sobiq prezidentligiga nomzod Rikelme bir kompaniya tomonidan bo'lajak «Klasiko»ga (25.10, 23:00 msk) taklif oldi. Hozircha 37 yoshli biznesmen VIP-lojadagi o'rinni egallash taklifini qabul qiladimi yoki «Spotify Kamp Nou» tribunalarida muxlislar bilan birga o'yinni tomosha qilishni afzal ko'radimi, noma'lum.
Pidal (Onda Cero jurnalisti): "Rikelme har kuni axborot maydonida tobora ko'proq tilga olinayotgani g'ayritabiiy hol. Menimcha, ko'plab OAV "Madrid"ni tanqid qilish orqali Peresga qarshi kampaniya tashkil etib, Rikelmeni ilgari surishni maqsad qilgan".
Eslatib o'taman, xuddi shunday tarzda Rikelmeni Madrid derbisiga ham taklif qilishgandi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, o'shanda uning VIP-tribunada bo'lishi Peresni qattiq g'azablantirgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!