Rikelme: "Madrid" aksiyalarining sotilishiga qarshiman"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 10

Rikelme: "Madrid" aksiyalarining sotilishiga qarshiman"

Rikelme: "Men amaldagi rahbariyat "Madrid" aksiyalarining bir qismini sotishga uringudek bo'lsa, chora ko'raman"

"Qaymoqranglilar" prezidentligiga sobiq nomzodning intervyusidan parchalar

"Prezidentlik saylovlari yakuni? Saylovlar tugaganidan keyin kunma-kun "Madrid" rahbari lavozimi uchun kurashaman, deb o'ylashgandi. Aslida esa unday emas. Men saylov natijalarini qabul qilaman va har qanday madridist kabi jamoani qo'llab-quvvatlayman.
Yagona iltimosim — "Madrid" ichida birdamlikni saqlash, garchi klubda menga yoqmaydigan narsalar bo'lsa ham. Kelajakda yana "Madrid" prezidentligiga nomzodimni qo'yamanmi, buni vaqt ko'rsatadi... Bu yil men o'z nomzodimni ilgari surgan edim, chunki nimalar bo'layotganini ko'rib turgandim va bu meni institutsional xavflar nuqtai nazaridan qoniqtirmasdi.
Peresga kelajakda qarshi chiqishmi? Bir necha yildan keyin nimalar bo'lishini ko'ramiz".
"Madrid"ning bir qismini tashqi investorlarga sotish men uchun hamon qizil chiziq hisoblanadi. Men klub ustavidagi uning sotilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlaydigan mumkin bo'lgan o'zgarishlarni juda diqqat bilan kuzatib boraman.
Men amaldagi rahbariyat "Madrid" aksiyalarining bir qismini sotishga uringudek bo'lsa, chora ko'raman. Biroq, shuni aytishim kerakki, hozirda bunday harakatlarni kuzatayotganim yo'q".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!