Rinkon: «Vinisius o'z o'yini bilan asosiy tarkibdagi o'rnini oqlashi kerak»
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 10

Rinkon: «Vinisius o'z o'yini bilan asosiy tarkibdagi o'rnini oqlashi kerak»

📻 Rinkon (sobiq «Madrid» hujumchisi, Cope sharhlovchisi): «Men Mourinyuning «Real Madrid»ni tark etishini istayman. U «Madrid»ga, jamoa o'yin uslubiga, klubning o'ziga va muxlislariga mos keladi deb hisoblamayman. Hozir «Madrid» bilan nimalar bo'layotganini ko'rish menga og'ir...»

Futbolchilar maoshiga qarab ko'proq yoki kamroq o'ynashlari kerakmi? Bunday gaplardan miyam qaynaydi! Ya'ni futbolchi qanday formada ekani va qanday o'ynayotgani muhim emasmi?!

Axir o'yinchi qancha maosh olishi sababli zaxira o'rindig'ida qolmasligi kerakmi? Asosiy tarkibdagi joyni maosh bilan emas, maydondagi o'yining bilan qozonish kerak. Agar Vinisius yiliga 25 million yevro olsa, u majburan o'ynashi kerakmi?! Yo'q, men uni zaxiraga o'tqazgan bo'lardim.

Nima uchun men Vinisiusni «Madrid» muxlislari hushtagidan himoya qilishim kerak? Har kim hayotda o'zi loyiq bo'lgan narsani oladi. Men o'z xatti-harakatlarim uchun javobgarman, oqibatlarini va boshimdan o'tayotgan barcha narsani qabul qilaman.

Nega unda Vinisius o'zi bilan bo'layotgan voqealar uchun javob bermasligi kerak? Bilasanmi, nima qilishing kerak, Vinisius? Ko'proq yugurish, himoyalanish, pas berish, raqiblarni dribling bilan tez-tez aldash, ko'proq assistlar berish va ko'proq gollar urish kerak. Qara, hammasi qanchalik oddiy!»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!