Rio Ferdinand Lisandro Martinezning tanqidlariga javob qaytardi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Rio Ferdinand Lisandro Martinezning tanqidlariga javob qaytardi

🗣️ Rio Ferdinand Lisandro Martinezning «Manchester Yunayted» rahbariyatiga bildirgan tanqidlariga javob qaytardi:

«Har hafta Maykl Kerrik diqqat markazida. Nega bilasizmi? Chunki o'tgan mavsumda u yaxshi natijalarga erishgan va endi undan ko'proq narsa kutishmoqda.
Rahbariyatmi? O'tgan mavsumga nisbatan nima o'zgardi? Demak, o'shanda klub Kerrikni qo'llab-quvvatlagan, endi esa uni taqdir izmiga tashlab qo'ydimi? U buni o'zi sizga aytdimi?
«Manchester Yunayted» yangi o'yinchilar sotib oldimi yoki yo'q? Axir aynan shu tarkib bilan Kerrik «Manchester Siti», «Arsenal» va boshqa jamoalarni mag'lub etmaganmidi? Ustiga-ustak, endi uning ixtiyorida qo'shimcha futbolchilar ham bor.
Men «Manchester Yunayted» rahbariyatini ayblashga tayyorman, lekin faqat Maykl Kerrikning o'zi chiqib, aslida nima sodir bo'lganini aytib bersagina», — dedi Rio Ferdinand.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!