Roberto De Zerbi «Men in Blazers»ga bergan intervyusida Endi Robertsonning transferi hamda «Tottenxem»dagi kelajak rejalari haqida gapirdi.
🎤 Endi Robertsonning transferi haqida:
«Menga aynan Endi Robertson kerak, chunki u ham maydonda, ham maydon tashqarisida universal futbolchi, qolaversa, kuchli xarakterga ega. Men uning «Liverpul»dagi kabi o'ynashini, o'sha energiya, fidoyilik va ehtiros bilan harakat qilishini istayman, chunki u biz uchun top-darajadagi futbolchi. Yosh o'yinchilar Endidan o'rnak olishlarini xohlardim: u g'oliblik ruhini, kiyim almashtirish xonasida va maydonda o'zini qanday tutishni, xarakterni qanday namoyon etishni o'rgata oladi. Biz uchun bu ajoyib xarid».
🎤 Transferlar oynasi haqida:
«Transfer bozorida hali ishni yakunlamadik... Yangi mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutyapmiz — o'ylayman-ki, boshqacha ambitsiyalar va aniqrog'i, boshqacha natijalar bilan».
🎤 Futbolchilarga bo'lgan talablar haqida:
«Faqatgina o'yin sifati yetarli emas. Men ushbu libosni kiyishdan faxrlanadiganlarni ko'rishni istayman».
🎤 «Tottenxem»ning natijalarini yaxshilash haqida:
«Biz muxlislarimiz va klubimiz uchun yashaymiz, ularga quvonch ulashish uchun. Bu katta chaqiriq, chunki jamoa ikki mavsumdan beri jadvalning quyi qismida qolib ketdi va biz bu vaziyatni o'zgartirmoqchimiz».
🎤 Klub rahbariyatining ambitsiyalari haqida:
«Klub egasi, direktorlar kengashi va qaror qabul qiluvchi insonlarning ambitsiyalari juda muhim va ular juda yuqori!».
🎤 Chempionlik uchun kurash haqida:
«Biz kuchliroq jamoa qurish uchun sharoit topishimiz kerak. O'tgan mavsumdagidan ham kuchliroq bo'lib, yana jadval cho'qqisi uchun kurashishimiz lozim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!