Rodri «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 14

Rodri «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

📰 Moretto (Marca jurnalisti):

Rodri «Madrid»dan «Manchester Siti» bilan muzokaralarda qat'iy qadam kutishdan charchadi. Shu sababli, yarim himoyachi allaqachon «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Yaqin soatlar ichida kataloniyaliklar Rodri transferi bo'yicha «shaharliklar» bilan bog'lanishadi.

🖥 The Athletic (Kortegana):

Rodrining ustuvor maqsadi — «Barselona»ga o'tish.

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti):

Mourinyo Rodri transferining barbod bo'lishi mumkinligidan shokda. U «Madrid»da yangi tayanch yarim himoyachisini ko'rishni istaydi.

📝 Fabrisio Romano (insayder):

O'tgan hafta «Madrid» Rodri bo'yicha «Siti» bilan muzokaralarni boshlagandi, ammo kelishuvga erishilmadi. «Qirollik klubi» yarim himoyachi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilmoqchi edi, «shaharliklar» esa biroz vaqt so'rashdi. Endi esa Rodri uchun kurashga «Barselona» qo'shildi va u allaqachon o'yinchidan klubga o'tish bo'yicha rozilik olgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!