📰 Marca xabariga ko'ra, "Real Madrid" hech qachon Rodriga jiddiy qiziqish bildirmagan. Klubdagilar 30 yoshli tayanch yarim himoyachisining yoshi va sekin o'yin uslubi tufayli transfer zarurligiga oxirigacha shubha bilan qarashgan.
"Rodri to'pni juda uzoq vaqt nazorat qiladi. Bu bizga kerak bo'lgan o'yinchi emas", - deya ta'kidlashgan "Madrid" manbalari. "Qirollik klubi" bozorda chaqqonroq va tezkorroq yarim himoyachi izlagan.
Shunga qaramay, 2026-yilgi Jahon chempionati yakunlangach, "Madrid" Ispaniya terma jamoasi sardorini tarkibga qo'shib olishga urinib ko'rgan. "Real Madrid" unga deyarli "Barselona" taklif qilgan moliyaviy shartlarni taklif etgan.
Biroq, yakunda har doim "Real Madrid"ga o'tishni orzu qilgan Rodri kataloniyaliklar safiga qo'shilishga qaror qildi. Futbolchining fikricha, "Barselona" loyihasi uning o'yin uslubiga mosroq kelgan va kelajagi borasida ko'proq ishonch bag'ishlagan.
Shundan so'ng Rodri darhol "Madrid" bosh direktori Sanchesga "Barselona"ga o'tish qarori haqida shaxsan xabar bergan va qiziqish uchun minnatdorchilik bildirgan.
📺 El Chiringuito ma'lumotiga ko'ra, "Real Madrid" Rodri uchun "Manchester Siti"ga 40 million yevrodan kamroq mablag' taklif qilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!