Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, "Roma" Frank Kessi uchun kurashga qo'shildi va bu mavzu transfer oynasining so'nggi kunlarida yana dolzarb bo'lib qoldi.
"Yuventus" ivuarlik yarim himoyachiga hamon katta qiziqish bildirmoqda, biroq jarayonni tezlashtirish uchun klub bir qator transfer operatsiyalarini yakunlashi kerak.
Shu sababli, "Roma" Kessi uchun kurashga kirishishga urinmoqda. Di Marsio ma'lumotiga ko'ra, "jallorossi" jiddiy faollik ko'rsatmoqda, chunki ilgari "Atalanta"da u bilan ishlagan Jan Pero Gasperini ushbu futbolchini yuqori baholaydi. Voqealar rivojini yaqin soatlarda kuzatib borish kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!