Roma Robinio Vazni sotishga shoshilmayapti
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 4

Roma Robinio Vazni sotishga shoshilmayapti

Roma Robinio Vazning kelajagi borasida o'z qarorini o'zgartirgani yo'q.

Tuttomercatoweb.com xabariga ko'ra, so'nggi haftalarda futbolchiga Bolonya, Fiorentina, Jenoa va Venesiya klublari qiziqish bildirgan. Ushbu to'rt klub hujumchini ijaraga olish bo'yicha muzokara olib borgan, biroq Roma ularning barchasiga rad javobini bergan.

Rimliklar fransiyalik futbolchini sotish niyatida emas. Klub uni qo'yib yuborishi uchun to'liq transfer huquqini sotib olish bo'yicha munosib taklif bo'lishi kerak, aks holda Vaz poytaxtda qolishi mumkin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!