Shuningdek, boshqa masalalar haqida ham to'xtalib o'tdi:
🛑 "Liverpul"da qolish imkoniyati haqida:
"Hozir bu haqda gapirish uchun juda erta. Menga ko'rsatilayotgan mehr uchun barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki bu menga juda katta yordam berdi. Ammo bir narsani aniq aytib o'tmoqchiman: "Liverpul"da qolamanmi yoki yo'qmi – bu faqat menga bog'liq emas";
🛑 APL va La Liga o'rtasidagi farq haqida:
"Premer-ligada jamoalar jismoniy jihatdan ancha kuchliroq. Bu yerda o'yinni katta ustunlik bilan yutish juda kamdan-kam uchraydi, bunga erishish qiyin. Hatto ochkolari kamroq bo'lgan jamoalar ham senga katta muammolar tug'dirishi mumkin. Ba'zilarida shunchaki yirtqich kabi hujumchilar bor va ular senga juda og'ir oqshomni taqdim etishi mumkin. Birini almashtirishsa, ikkinchisi maydonga tushadi. Kelganimdan beri biror marta xotirjam yutgan o'yinimiz bo'lmadi. Bu yerda hamma narsa juda shiddatli – birinchi daqiqadan 90-daqiqagacha. Ammo biz jamoa sifatida o'sayotganimizni va murabbiy bizdan nima xohlayotganini hamda qanday o'ynashimizni istayotganini tobora yaxshiroq tushunayotganimizni his qilyapman. Ishonchim komilki, bizdagi ushbu o'yinchilar guruhi bilan bu mavsumda muxlislarga ko'plab quvonchli lahzalarni hadya eta olamiz".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!