The Athletic xabariga ko'ra, Ronald Arauxo «Liverpul»dagi moslashuvini imkon qadar tezlashtirish uchun barcha choralarni ko'rmoqda. Klubda o'tayotgan majburiy ingliz tili darslaridan tashqari, urugvaylik futbolchi qo'shimcha shug'ullanish uchun alohida repetitor yolladi.
«Liverpul»dagi ilk kunlaridayoq Arauxo ispan tilida so'zlashuvchi Mak Allister va Munyos bilan yaqinlashib oldi, Alisson bilan esa ular portugal tilida muloqot qilishmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!