Ziggo Sport telekanalida "Ayaks" - "Shelburn" uchrashuvi translyatsiyasi vaqtida Noa Langning "Ayaks"ga o'tishi mumkinligi muhokama qilinayotganda ziddiyat boshlandi.
Ronald de Bur Langning futbolchilik sifatlarini qadrlashini, biroq uning xarakteri borasida savollari borligini aytdi:
"Bu yigit bilan baribir nimadir noto'g'ri".
Lang ijtimoiy tarmoqlarda ushbu so'zlarni ko'rib, darhol javob qaytardi:
"E'tibor qozonish uchun bo'lmag'ur gaplarni gapiryapti, 764886-qism".
De Bur esa bunday munosabat uning fikrini faqat tasdiqlashini hisoblaydi:
"Menga baribir. Bunday munosabat mening haq ekanligimni isbotlaydi, xolos. O'z fikrimni yaxshi ifoda etdim deb o'ylayman va ko'pchilik men bilan hamfikr deb hisoblayman. Agar u kelsa, aksini isbotlab qo'ysin. Agar u "Ayaks" libosini kiysa, umid qilamanki, u aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatadi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!