Ronald de Bur va Noa Lang o'rtasida ziddiyat yuzaga keldi
Ronald de Bur Noa Langning xarakterini tanqid qildi, futbolchi esa bunga keskin javob qaytardi. Vaziyat tafsilotlari bilan tanishing.
Ziggo Sport telekanalida "Ayaks" - "Shelburn" uchrashuvi translyatsiyasi vaqtida Noa Langning "Ayaks"ga o'tishi mumkinligi muhokama qilinayotganda ziddiyat boshlandi.
Ronald de Bur Langning futbolchilik sifatlarini qadrlashini, biroq uning xarakteri borasida savollari borligini aytdi:
"Bu yigit bilan baribir nimadir noto'g'ri".
Lang ijtimoiy tarmoqlarda ushbu so'zlarni ko'rib, darhol javob qaytardi:
"E'tibor qozonish uchun bo'lmag'ur gaplarni gapiryapti, 764886-qism".
De Bur esa bunday munosabat uning fikrini faqat tasdiqlashini hisoblaydi:
"Menga baribir. Bunday munosabat mening haq ekanligimni isbotlaydi, xolos. O'z fikrimni yaxshi ifoda etdim deb o'ylayman va ko'pchilik men bilan hamfikr deb hisoblayman. Agar u kelsa, aksini isbotlab qo'ysin. Agar u "Ayaks" libosini kiysa, umid qilamanki, u aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatadi".