Ronald de Bur Noa Langning xarakterini tanqid qildi, futbolchi esa bunga keskin javob qaytardi. Vaziyat tafsilotlari bilan tanishing.
Ziggo Sport telekanalida "Ayaks" - "Shelburn" uchrashuvi translyatsiyasi vaqtida Noa Langning "Ayaks"ga o'tishi mumkinligi muhokama qilinayotganda ziddiyat boshlandi.
Ronald de Bur Langning futbolchilik sifatlarini qadrlashini, biroq uning xarakteri borasida savollari borligini aytdi:
"Bu yigit bilan baribir nimadir noto'g'ri".
Lang ijtimoiy tarmoqlarda ushbu so'zlarni ko'rib, darhol javob qaytardi:
"E'tibor qozonish uchun bo'lmag'ur gaplarni gapiryapti, 764886-qism".
De Bur esa bunday munosabat uning fikrini faqat tasdiqlashini hisoblaydi:
"Menga baribir. Bunday munosabat mening haq ekanligimni isbotlaydi, xolos. O'z fikrimni yaxshi ifoda etdim deb o'ylayman va ko'pchilik men bilan hamfikr deb hisoblayman. Agar u kelsa, aksini isbotlab qo'ysin. Agar u "Ayaks" libosini kiysa, umid qilamanki, u aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatadi".
Siril Oliv-Bert xabariga ko'ra, "Strasbur" "Sirius" hujumchisi Robbi Ur transferi ustida faol ishlashda davom etmoqda.
Siril Oliv-Bert xabariga ko'ra, "Strasbur" "Sirius" hujumchisi Robbi Ur transferi ustida faol ishlashda davom etmoqda.
22 yoshli forvard, Shvetsiya chempionatining eng yaxshi to'purari, shuningdek, BlueCo va boshqa bir qator Yevropa klublari qiziqishlari doirasida. Fransiya klubida Ur hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ustuvor variantlardan biri deb hisoblanmoqda.
Sevilla futbolchisi Robbi Yur ilk bor Shotlandiya terma jamoasiga chaqirildi. Futbolchi oktyabr oyida bo'lib o'tadigan o'yinlarda ishtirok etishi mumkin.
Robbi Yur ilk bor Shotlandiya terma jamoasiga chaqirildi!
26.09 Sloveniya 29.09 Shveytsariya 03.10 Shimoliy Makedoniya 06.10 Sloveniya
Robbi Yur «Sevilya» safiga kelib qo'shildi. Futbolchi bilan 2031-yilga qadar shartnoma imzolandi.
🚨 Rasman!
Robbi Yur — «Sevilya» futbolchisi!
To'liq transfer summasi 6,5 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, 2,5 million yevro bonus sifatida ko'zda tutilgan. Tomonlar 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashdi ✍️
Ronald de Bur Noa Langning «Ayaks»ga transferi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Ronald de Bur Noa Langning «Ayaks»ga transferi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
«Men Langning «Ayaks»ga o'tishi jamoaga foyda keltirishiga ishonmayman. Futbolchi sifatida u yaxshi, ammo shaxsiyat sifatida uni jamoa tarkibida ko'rishni istarmidim, bilmayman. Agar Lang shunchalik kuchli bo'lganida, «Napoli» yoki «Galatasaroy»da qolib ketgan bo'lardi».