Serj Gnabri Mikel Arteta haqida: U o'sha paytdayoq haqiqiy yetakchi edi
We Are The Arsenal ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 34

Serj Gnabri Mikel Arteta haqida: U o'sha paytdayoq haqiqiy yetakchi edi

Serj Gnabri o'zining sobiq jamoadoshi Mikel Arteta haqida fikr bildirdi:

«Biz u bilan kelajakda murabbiy bo'lish-bo'lmasligi haqida gaplashmaganmiz, lekin o'sha paytdayoq u jamoamizning haqiqiy yetakchisi edi. Biz birga o'ynagan mavsumda u sardor bo'lgan deb o'ylayman. U menga va ayniqsa, o'zi kabi ispan bo'lgan Ektor Belyeringa qanday yordam berganini yaxshi eslayman.

U bizni — yosh o'yinchilarni qo'llab-quvvatlardi, biz bilan gaplashardi va har doim eshitishga tayyor edi. Bu uning qanday inson ekanligidan dalolat beradi. U jamoani shunday muvaffaqiyatlarga yetakladi! Balki, boshida hech kim buni oldindan ko'ra olmagandir, lekin u nimalarga qodirligini isbotladi va fantastik ishni amalga oshirdi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!