Ektor Belerinning «Real Betis» bilan shartnomasi qachongacha amal qiladi?
Ektor Belerinning «Real Betis» bilan shartnomasi 2028-yilgacha emas, balki 2027-yilning iyunigacha ekanligi ma'lum bo'ldi.
Garchi 2023-yilda Ektor Belerinning qaytishi chog'ida «Real Betis» 2028-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolanganini e'lon qilgan bo'lsa-da, himoyachining andalusiyaliklar klubi bilan kelishuvi aslida 2027-yilning iyuniga qadar ekanligi ma'lum bo'ldi!
Bu muzokaralar davomida so'nggi daqiqada kiritilgan o'zgarishlardan biri edi: dastlab rejalashtirilgan shartnoma muddati bir yilga qisqartirilgan. Ommaviy tarzda bu ma'lumot hech qachon tuzatilmagan.
Tomonlar o'rtasidagi munosabatlar yaxshi darajada qolmoqda va yaqin oylarda muloqot davom etishi kutilmoqda.