Biz bugungi uchrashuv strategik jihatdan juda muhim va kerakli ekanini bilardik. Yigitlarni faqat gʻalabaga tayyorlagan edik. Oʻyinga keladigan boʻlsak, tezkor gol urdik. Keyin esa maʼlum vaqt, taxminan 20 daqiqalar davomida «Mashʼal» jamoasi toʻliq oʻyinga kirishib, agressiv harakat qildi va koʻplab xavfli vaziyatlar yaratdi. Nazarimda, ular 3–4 ta toʻp kiritishi ham mumkin edi. Biroq himoyada yigitlar vazifasini uddaladi, darvozabon ham ajoyib oʻynadi. Keyin biz yana ikkita gol urdik, soʻng toʻp oʻtkazib yubordik. Lekin umuman olganda, bugungi gʻalabaga toʻla loyiq edik. Yigitlarga oʻyinga borini bergani va koʻrsatgan oʻyini uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi navbatdagi bahsga tayyorgarlik koʻramiz.
Bugun yirik hisob qayd etildi. Oʻyin voqealari bunday rivojlanishini kutganmidingiz?
Bunday oʻyinni hech qachon oldindan bashorat qila olmaysiz. Chunki futbol oldindan aytib boʻlmaydigan oʻyin: u ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham burilib ketishi mumkin. Shu bois yaratilgan vaziyatlarning aksariyatidan unumli foydalanganimiz ham hujumda, ham himoyada oʻyinimizni ancha yengillashtirdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!