The Athletic dayjestiga ko'ra, transfer bozorida e'tiborga molik ayrim yangiliklar bor:
🛑 Kodi Gakpo bilan bog'liq vaziyat hozircha o'zgargani yo'q. Garchi «Tottenxem» futbolchiga qiziqish bildirib, uning vakillari bilan muloqot qilgan bo'lsa-da, klublar o'rtasida rasmiy muzokaralar o'tkazilmagan.
«Liverpul» Gakponing shartnomasida yana to'rt yil borligini va u sotilmasligini ta'kidlamoqda. Uning kelajagi klubning yangi xaridlariga bog'liq bo'ladi.
🛑 «Liverpul»ning yuqori martabali vakillari klubning Mbayega bo'lgan qiziqishi hozircha faqat dastlabki, tanishuv xarakteriga ega bo'lganini ta'kidlashmoqda.
Ular 18 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olingani haqidagi xabarlarni ham keskin rad etishadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!