The Athletic dayjesti:
🛑 Aleksis Mak Allister yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilmayapti. U tarkibning asosiy qismi hisoblanadi.
Jons bilan bog'liq vaziyatdagi noaniqlik sababli, klub bir vaqtning o'zida ikkita yarim himoyachi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishi dargumon.
🛑 Barkolya bo'yicha hozircha o'zgarish yo'q. Materialda qayd etilishicha, ustuvor maqsadlarni qo'lga kiritish uchun biroz ko'proq vaqt va sabr talab qilinishi mumkin.
Shu bilan birga, agar PSJ so'ralayotgan taxminan 145 million funt sterling miqdoridagi summani kamaytirmasa, Liverpul Barkolya ortidan quvishni to'xtatishga majbur bo'lishi mumkin. Klub bunday mablag'ni to'lashga tayyor emas va boshqa variantlarga o'tishi mumkin.
Albatta, jamoa qanchalik tez kamida bitta, ideal holatda esa ikkita yangi hujumkor futbolchini qo'lga kiritsa, shunchalik yaxshi.
🛑 Barkolya yagona variant emas. Liverpulga Ibraim Mbaye ham yoqadi. Klub keyingi qadamlarni rejalashtirmoqda, chunki 18 yoshli futbolchiga qiziqish ortib bormoqda.
Boshqa variantlar ham ko'rib chiqilmoqda. Ugo Ekitike mavsumning dastlabki oylarini o'tkazib yuborishini hisobga olsak, Munyos kelganidan keyin ham jamoaga yana ikkita hujumkor futbolchi kerak bo'ladi.
🛑 Inter hali ham Liverpulning Kudjo uchun belgilagan 40 million yevrolik narxini qondirishga tayyor emas. Klub Italiya jamoasining navbatdagi qadamini kutmoqda.
🛑 Tottenxem Kodi Gakpo vakillari bilan bog'lanib, qiziqish bildirgan, ammo Liverpul bilan hali aloqaga chiqmagan va rasmiy muzokaralarni boshlamagan.
🛑 Federiko Kyeza esa ayni damda Enfilddagi faoliyatini davom ettirishdan tashqari boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqda.
🛑 Ijaralar bo'yicha:
Kalum Skanlonga Kardiff Siti, Lyuk Chembersga esa KPR qiziqish bildirmoqda.
Jeyms Makkonellga Chempionshipning bir qator klublari, shuningdek, Lester qiziqish bildirmoqda.
Kiran Morrisonning mavsumoldi turnesidagi o'yinlari unga ijara bo'yicha yangi variantlarni, jumladan Niderlandiyaning bir nechta klublarini ochib berdi.
Kelvin Remzi va Lyuis Kumas klub ularning kelajagi bo'yicha qaror qabul qilguniga qadar yana bir muddat jamoada qolishlari ehtimoli yuqori.
Ndukve yozda yaxshi taassurot qoldirdi va hozirda Portugaliya, Germaniya va Daniyadan tushgan jiddiy takliflarni ko'rib chiqmoqda. Unga Belgiya, Fransiya va Ispaniya klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ndukve uchun vatanda ham variantlar bor, ammo futbolchining o'zi boshqa Yevropa mamlakatidagi yangi chaqiriqqa e'tibor qaratgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!