Tibo Kurtua:
O'yin haqida:
Biz juda kuchli raqibga qarshi o'ynadik, «Inter» – Yevropadagi eng kuchli jamoalardan biri. Bugun o'yin istalgan natija bilan yakunlanishi mumkin edi, jamoalar qancha imkoniyatni qo'ldan boy berganini hisobga olsak, 4:4 yoki undan ham ko'proq hisobni ko'rishimiz mumkin edi. Biz ularning xatolaridan foydalana oldik, ammo ular o'yin oxirida bizga gol urishdi.
Jamoa o'yini haqida:
Yarim himoyachilar ko'proq yugurishlari kerak. Agar aniq vaziyat yarata olmasangiz, to'pni ushlab turib, asta-sekin oldinga siljigan ma'qul, chunki uni yana yo'qotsangiz, yana orqaga yugurishga to'g'ri keladi. Biz yaxshi o'ynayapmiz. «Betis»ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi, bizga realizatsiya yetishmadi. Bugun ham xuddi shunday holat kuzatildi. Biz har doim qiyin raqib hisoblangan «Rayo»ga qarshi o'yinda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak.
Maydondagi eng yaxshilardan biri bo'lgani haqida:
Katta rahmat, Chempionlar ligasi o'yinlari har doim katta konsentratsiya va kuch talab qiladi, men esa bunday chaqiruvlarga o'rganib qolganman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!