Tibo Kurtua — «Roma» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng:
Aqlbovar qilmas kambek haqida:
O'yin davomida hammasi tugadi deb o'ylamaganman. Biz doimo oxirigacha kurashamiz, garchi «Roma» o'z uyida juda kuchli bo'lsa ham.
Biz qiyinchiliklarga duch keldik, ammo g'alabaga ishonishda davom etdik.
Standart vaziyatlardan keyin uchta gol urdik. Bu murabbiylar shtabi va uchrashuv borishini o'zgartira olishiga ishongan futbolchilarning xizmati.
Bu yerda g'alaba qozonish va ikki kuchli italyan jamoasiga qarshi bahslarda olti ochkodan oltitasini qo'lga kiritish — ajoyib boshlanish.
Himoyadagi xatolar haqida:
Dastlabki ikkita gol urilgan epizodlarda biz to'pni juda oson yo'qotdik va raqibga qarshi hujumlar uyushtirishga imkon berdik. Bu bizning aybimiz.
Mourinyu — buyuk murabbiy. Uning barcha o'zgarishlari ish berdi. Ulardan keyin biz to'pni yaxshiroq nazorat qila boshladik va ko'proq vaziyatlar yarata oldik.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!