Trent: "Chexiya terma jamoasiga qarshi o'yinda Gordonga bergan assistimmi? Tanaffus vaqtida Gordon bilan gaplashib, bo'sh zonalarga o'tishim va uni izlashimni, u esa shunchaki uzoq ustun yonida ochilishi kerakligini aytgandim. Yakunda Gordonning jarima maydonchasiga yugurib kirganini ko'rdim va kerakli uzatmani amalga oshira oldim.
U ajoyib futbolchi, jarima maydonchasida juda yaxshi ochiladi. Gordon bilan birga o'ynash yoqimli.
Angliya terma jamoasi safidagi so'nggi o'yinimdan beri ko'p vaqt o'tdi, ammo jamoaga qayta olishimga ishongandim. Terma jamoa sharafini himoya qilish men uchun doim katta sharaf va zavq. Tuxel menga o'zimni ko'rsatish imkoniyatini berdi va men uning talablarini eng yaxshi tarzda bajarishga harakat qildim"
Gordon (Barselona vingeri): "Trentning assisti? Dunyoda bunday uzatmani bera oladigan futbolchilar juda kam. Trent — ko'zga ko'ringan o'yinchi. Aynan shuning uchun ham u bilan birga o'ynash imkoniyatidan juda hayajonlandim"
Nevill (Manchester Yunayted sobiq himoyachisi): "Har safar Trentning o'yinini kuzatar ekanman, nima uchun uni JCHga chaqirishmaganini tushunishim qiyinlashib boradi. O'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida Trentning o'yinini kuzatish juda yoqimli. Uning jarima maydonchasiga uzatmalari shunchaki hayratlanarli"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!