Uesli Sneyder «Real»dan ketishi va Mourinyo bilan ishlagani haqida
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 44

Uesli Sneyder «Real»dan ketishi va Mourinyo bilan ishlagani haqida

🎤 Uesli Sneyder «Real»dan ketishi va Joze Mourinyo bilan ishlagani haqida gapirib berdi:

Men klubga kelganimda kiyim almashtirish xonasidagi o'z joyim bo'shab qolganini va barcha buyumlarim qutilarga solib qo'yilganini ko'rganimni eslayman.

O'shanda klub prezidenti bilan gaplashish uchun bordim, lekin u menga ko'p vaqt ajratmadi va shunchaki jamoa rejalariga kirmasligimni, klub Chempionlar ligasini yutmoqchi ekanligini aytdi.

Ikki kundan keyin menga Joze Mourinyo qo'ng'iroq qildi. O'ylaymanki, u mening raqamimni Kristian Kivudan olgan, chunki bungacha biz shaxsan tanish emasdik.

U shunday dedi: «Uesli, hozir senga qiyinligini bilaman. «Inter»ga kel, hammasini birga yutamiz».

Boshidanoq Mourinyo bilan munosabatlarimiz a'lo darajada bo'ldi. U meni jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biri ekanligimni va biz birgalikda Chempionlar ligasida g'olib chiqishimizni aytdi.

Balki u buni hammaga aytgandir, lekin ishoning, Mourinyo bilan ishlagan bir yilim boshqa har qanday murabbiy bilan ishlagan o'n yilimga teng.

Yakunda men «Santyago Bernabeu»da Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritdim, sovrinni kiyim almashtirish xonasidagi o'z joyim yoniga qo'ydim va shunday dedim: «Men har doim o'z so'zimning ustidan chiqaman».

Bu futbolchilik faoliyatimdagi eng yaxshi lahza edi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!