Valentin: Valverde doimiy ravishda o'ng qanot himoyasida o'ynashi kerak
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 29

Valentin: Valverde doimiy ravishda o'ng qanot himoyasida o'ynashi kerak

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Madrid" rahbariyati, Valverde va Mourinyu muzokara stoliga o'tirib, urugvaylik futbolchining pozitsiyasi bo'yicha qaror qabul qilishlari kerak! Mening nazarimda, Valverde — "Madrid"ning eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi, tayanch yarim himoyachisi sifatida Tchuameni bilan juftlikda esa u yarim himoyaga mos tushmayapti.

Federiko doimiy ravishda o'ng qanot himoyasida o'ynashi kerak, raqib, jarohatlar va boshqa holatlar bilan bog'liq alohida vaziyatlar bundan mustasno.

Shu sababli, klub, o'yinchi va murabbiy Valverde aynan shu pozitsiyada to'p surishi bo'yicha kelishib olishlari kerak deb hisoblayman. Shunda u himoyachi rolida to'liq mashg'ulot o'tkazib, o'z mahoratini oshirishi mumkin. Urugvaylik futbolchi ushbu pozitsiyada o'ynash uchun tabiiy qobiliyatga ega, ammo u hali ba'zi taktik jihatlar ustida ishlashi kerak.

Bunday holda, "Madrid" ikkita o'ng qanot himoyachisidan birini sotish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin. Trent va Dyumfris darajasidagi ikki o'yinchini zaxirada ushlab turish — yo'l qo'yib bo'lmaydigan hashamat.

Agar Valverdeni o'ng qanot himoyasiga o'tkazish qarori yozdayoq qabul qilinganida, Dyumfrisni sotib olishga hojat qolmasdi. Transfer uchun tejalgan mablag' va uning maoshiga ajratilgan pullarni boshqa muammoli pozitsiyani kuchaytirishga yo'naltirish mumkin bo'lardi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!