Vinisius Junior atrofidagi vaziyat: jurnalistlar fikri
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 38

Vinisius Junior atrofidagi vaziyat: jurnalistlar fikri

📺 Xuanma Rodriges (jurnalist, "Madrid" muxlisi): "Mourinyuga Vinisiusni "Leypsig"ga qarshi o'yinda almashtirish kerak emas edi, ayniqsa, uning oldinda 5 hafta davomida faqat UEFA Chempionlar ligasi o'yinlari borligini hisobga olsak. Agar maqsad uni o'rta va uzoq muddatli istiqbolda eng yaxshi formasiga qaytarish bo'lsa, uni maydonda qoldirish kerak edi.

Mourinyu uni taktik ish uchun maqtashi va o'yindan keyin uning harakatlaridan qoniqish bildirishi, shu bilan birga uni almashtirishi qarama-qarshi holat. Vinisius unchalik yomon o'yin o'tkazmadi, uning zarbalaridan biri deyarli ajoyib gol bilan yakunlanayozdi.

Agar Mourinyu uning o'yini almashtirishga loyiq deb hisoblasa, bu uning huquqi. Ammo avval o'yinchini almashtirib, keyin o'yindan so'ng uning chiqishini maqtash kerak emas.

"Madrid" manfaatlari hamma narsadan ustun va braziliyalik futbolchining o'zi ham hozir eng yaxshi davrini o'tkazmayotganini tushunib turibdi. Ammo muxlislarning unga nisbatan hushtakbozligi baribir tushunarsiz. Birinchi bo'limda "Bernabeu"dagi muxlislar to'pni olib qo'yishdagi harakati va jamoaga himoyada yordam bergani uchun uni olqishlashgan bo'lsa-da, keyinroq hushtakbozlik qilishni boshlashdi".

📺 M. Benito (El Chiringuito jurnalisti): "Hozir Vinisius aynan muxlislar "Santyago Bernabeu"da unga nisbatan dushmanona muhit yaratayotganini his qilmoqda. U buni Mourinyuning o'ziga aytdi. U "Madrid"ning ikkinchi sardori, ammo unga uy stadionida unga nisbatan dushmanona munosabatda bo'lishayotgandek tuyulmoqda".

📻 R. Gomes (Radio Marca jurnalisti): "Real Madrid" Vinisiusni tashlab qo'ydi. Uni qo'llab-quvvatlashi kerak bo'lgan klub prezidenti qani?! Sardor qani?! Yaqindagina undan aqldan ozgan muxlislar qani?!

Qanday qilib biz avval "Madrid" Vinisius mukofotni olmagani uchun "Oltin to'p" topshirish marosimini boykot qilgan, endi esa uni deyarli sherlar oldiga tashlab qo'ygan holatga keldik?!

O'ylaymanki, hozir Vinisiusga hatto "Madrid"dagi jamoadoshlari ham ishonishmayapti".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!