Fabrisio Romano xabariga ko'ra: 📝 «Mourinyu «Madrid»ning Vinisius bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralariga aralashdi. Murabbiy o'yinchi bilan yangi bitim imzolashni talab qilmoqda.
Shu sababli klub Vinisius bilan yana bir uchrashuv o'tkazadi, bu uning kelajagini belgilashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. «Madrid»da braziliyalik futbolchidan shartnomani uzaytirish bo'yicha imkon qadar tezroq javob kutishmoqda.
«Madrid»da hujumchi amaldagi kelishuvni uzaytirishiga ishonch ortib bormoqda. Vinisiusning yaqinlari ham bugungi uchrashuvdan so'ng optimistik kayfiyatda.
📰 El Mundo ma'lumotiga ko'ra: ⚪ «Madrid» va Vinisius o'rtasidagi yangi shartnoma muzokaralari tafsilotlari:
- Klub futbolchiga yangi taklif bilan chiqdi, ammo bu hali yiliga 30 mln yevroga yaqin emas;
- Tomonlar imidj huquqlarini taqsimlash bo'yicha sezilarli muvaffaqiyatga erishdi;
- «Madrid» shartnoma imzolash uchun bonus to'lashdan bosh tortmoqda.
🎤 Moretto xabariga ko'ra: «Vinisius «Madrid» bilan shartnomasini uzaytirishga juda yaqin».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!