Vinisius Junior va Real Madrid o'rtasidagi muzokaralar qiyin kechmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Vinisius Junior va Real Madrid o'rtasidagi muzokaralar qiyin kechmoqda

Cadena SER xabariga ko'ra, Real Madrid Vinisiusning moliyaviy talablarini to'liq qondirish niyatida emas. Klub braziliyalik futbolchiga Kilian Mbappe oladigan darajada maosh to'lamoqchi emas.

Qirollik klubi Vinisiusga yakuniy taklifni taqdim etgan: 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma va yiliga 22 million yevro maosh. Bunda Chempionlar ligasidagi g'alabalar va Oltin to'p kabi sovrinlar bilan bog'liq bonuslar hisobiga vingerning daromadi yiliga 24 million yevroga yetishi mumkin.

Vinisius esa yiliga 30 million yevro ishlab topishni istamoqda. Bundan tashqari, futbolchi o'yinlar davomida ispan muxlislarining unga bo'lgan munosabatidan norozi. U ularning bir qismini irqchi deb hisoblaydi. Shuningdek, hujumchi mahalliy matbuotdan ham xafa, chunki o'zini kamsitilgandek his qilmoqda.

Arsenal esa Vinisiusning barcha moliyaviy talablarini qondirishga tayyor. Shu bilan birga, kanonirlar Madrid klubiga futbolchi uchun 100+20 million yevro taklif qilmoqchi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!