«Monako»ga qarshi o'yindan so'ng Virjil van Deyk va jurnalist o'rtasidagi suhbat:
— Virjil, yuklamalar haqida gapiradigan bo'lsak: Jahon chempionati oldidan siz klub safida boshqa har qanday futbolchiga qaraganda ko'proq daqiqa o'ynagansiz. Bunday hajmdagi yuklamani yana ko'tara olishingizga ishonasizmi? Va har hafta muhim rol o'ynashingizni hisobga olsak, bunga yana tayyormisiz?
— Ha. Men sizni hozir yoshim 35 da deb, bunga qodir emasligimni aytasiz deb o'ylagandim.
— Yo'q, savol ko'proq markaziy himoyadagi vaziyat bilan bog'liq.
— Albatta. Oxir-oqibat, o'zingizga qarashingiz kerak. Bu yerda omad kerak deb aytmagan bo'lardim, lekin o'zingizga bog'liq bo'lgan barcha ishni qilishingiz shart. Men uchun bu mutlaq minimum.
Men har bir o'yinga tayyor bo'lish uchun mas'uliyatni his qilaman. Agar har uch kunda o'ynash kerak bo'lsa, demak, har uch kunda tayyor bo'lish lozim. Men o'yinlarga kerakli holatda yetib kelish uchun ham uyda, ham mashg'ulot bazasida qo'limdan kelgan barcha ishni qilyapman.
Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Qolaversa, men futbolchi sifatida umuman kech ochilganman, shuning uchun, balki... Xullas, bor gap shu.
O'zimni normal his qilyapman va muvaffaqiyatli «Liverpul»ning bir qismi bo'lishni istayman. Bizni qayerga bormaylik, qo'llab-quvvatlaydigan butun dunyodagi muxlislarimiz biz bilan faxrlanishlarini xohlayman.
Buning uchun esa g'alaba qozonish, har safar bu libosni kiyish nimani anglatishini ko'rsatib berish kerak. Men uchun bu mutlaq minimum.
Shunday ekan, men ishlashda davom etaman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!