Xayrullo Bozorov «Neftchi» jamoasi bilan uchrashdi
FC NEFTCHI ↗ ●●●●● Umumiy 👁 25

Xayrullo Bozorov «Neftchi» jamoasi bilan uchrashdi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov «Neftchi» jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy va ochiq muloqotda jamoa oldida turgan vazifalar, mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hamjihatlik va mas’uliyat masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda «Neftchi» o‘zining shonli nomi va boy tarixi bilan birga, bugun xalqaro maydonlarda o‘zbek futboli sha’ni va obro‘sini ham himoya qilayotgani ta’kidlandi. Bu esa har bir futbolchi va murabbiydan yuksak professionallik, fidoyilik hamda umumiy maqsad yo‘lida birlashishni talab etadi.

«Neftchi» — millionlab muxlislarning mehri, ishonchi va umidini mujassam etgan jamoa. Maydonga tushgan har bir futbolchi klubimiz tarixi, Farg‘ona faxri va yurtimiz sharafi uchun kurashayotganini chuqur his qilishi kerak. Bugun barchamizni birlashtiradigan mezon — jamoa manfaati va g‘alabaga bo‘lgan intilishdir, — dedi viloyat hokimi.

Muloqotda jamoa atrofidagi turli mish-mish va muhokamalarga ham to‘xtalib, bor e’tibor va kuchni mashg‘ulotlarga, o‘yin intizomiga hamda maydonda natija ko‘rsatishga qaratish zarurligi qayd etildi. O‘zaro ishonch, ahillik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash hal qiluvchi pallada jamoaning asosiy tayanchi bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Bu yil chempionlik uchun qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida beshta o‘yin qoldi. Endi har bir uchrashuv — final, har bir ochko — oltinga teng.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!