🎙️ Xristos Dzolisning "Arsenal"dagi starti, Mikel Arteta bilan ishlash, standart vaziyatlar va Chempionlar ligasida "Bryugge" bilan uchrashish ehtimoli haqidagi katta intervyusi.
— Londondagi hayot qanday kechmoqda?
Rahmat, juda katta rahmat. Aslida, "Arsenal"dagi boshlanish juda yoqimli bo'ldi. Men bu yerda o'zimni juda qulay his qilyapman — ham jamoadoshlarim bilan, ham maydon tashqarisida. Biz Premer-ligada mavsumni yaxshi boshladik. Albatta, bu yerdagi daraja boshqacha, lekin hozircha "Arsenal"dagi vaqtimdan juda katta zavq olyapman.
— "Arsenal"dagi rolingiz "Bryugge"dagiga o'xshashmi?
Rostini aytsam, katta farqlar yo'q. Men deyarli "Bryugge"da qanday o'ynagan bo'lsam, xuddi shunday o'ynayapman. Hujum planida "Arsenal" uslubi "Bryugge" uslubiga ancha o'xshash, shuning uchun o'yinimda ko'p narsani o'zgartirishimga to'g'ri kelmadi.
— "Arsenal" standart vaziyatlardagi kuchli o'yini bilan tanilgan. Bu haqda nima deb o'ylaysiz?
Bunday narsalar jamoaga g'alaba qozonishda yordam beradi. Har bir detal muhim va eng yuqori darajada o'ynaganingizda, hatto eng mayda nuanslar ustida ham ishlash kerak. Hozir standartlar — har qanday jamoa uchun qurol. Biz ular ustida juda ko'p ishlayapmiz va aynan shuning uchun, masalan, o'tgan mavsumda "Arsenal" chempionatda 25 ta gol urdi. Bu qo'shimcha ochkolar olish imkoniyati, yakunda esa bunday narsalar chempionlikni yutishga yordam berishi mumkin.
— Hozir standartlarga yanada ko'proq e'tibor qaratyapsizmi?
Juda ko'p! Ha, haqiqatan ham juda-juda ko'p.
— Bu mavsumda standartlardan 25 ta assist bera olasizmi?
Faqat men burchak zarbalarini tepmayapman! Hozircha ba'zida burchak va jarima zarbalarini ijro etyapman, lekin "Bryugge"dagi kabi tez-tez emas.
— Chempionlar ligasida "Bryugge"ga qarshi o'ynashni xohlarmidingiz?
Men bu kunni kutyapman! Bilishimcha, qur'a tashlash 28 avgust kuni bo'lib o'tadi va men juda-juda umid qilamanki, bizga "Bryugge" tushadi. Men haqiqatan ham ularga qarshi o'ynashni xohlayman. Albatta, sobiq jamoadoshlarim va sobiq jamoamni yana ko'rish men uchun juda yoqimli bo'ladi. Shuning uchun "Bryugge" bilan uchrashishimizga juda umid qilaman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!